TIQXMMI yangiliklari

img
11.05.2023

Beshkent qishloq xo‘jaligi texnikumiga tashrif

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023 yil 11 apreldagi yig‘ilishi 17-son bayoniga muvofiq OTMga yuklatilgan vazifalarning ijrosini ta’minlash maqsadida TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti rektori prof. B.S. Mirzaevning 03.05.2023 dagi № 57 x/s- sonli buyrug‘iga asosan  “Ingliz tili” kafedrasi dotsenti R.Niyazovni Beshkent texnikumiga (Qashqadaryo viloyati) ikki kunga xizmat safariga  yuborildi.

Xizmat safari davomida Beshkent qishloq xo‘jaligi texnikumiga tashrif buyurilib, talabalar bilan suhbat o‘tkazildi. Suhbat o‘tazilish jarayonida chet tillarini o‘rganish layoqati hamda xorijga chiqish istagida bo‘lgan talabalardan iborat gurux shakllantirildi. Talabalar  dastlab ingliz tili grammatikasi bo‘yicha 30 ta test sungra og‘zaki savol javoblar qilindi. Ingliz tilini mukammal o‘qitish bo‘yicha o‘quv kurslari xaftada 2 marotaba tashkil qilindi.

Bu jarayonga TIQXMMI” Milliy tadqiqot universitetining Qarshi filiali hamda Beshkent qishloq xo‘jaligi texnikumi  ingliz tili professor va o‘qutuvchilari ham jalb etildi ularga master klass darslari tashkil qilindi va  o‘zaro hamkorlik tashkil yo‘lga quyildi. O‘zaro o‘quv dastur, silabus, o‘quv rejalar va adabiyotlarlar almashinuvi bo‘yicha kelishuvga erishildi.