TIQXMMI yangiliklari

img
19.12.2022

"Besh tashabbus" doirasida sport musobaqasi

Yoshlar vaqtini mazmunli o'tkazish, qiziqishlaridan kelib chiqqan holda turli tadbir, musobaqalar tashkil qilish an'anaga aylanib ulgurgan.  Joriy yilning 18-dekabr sanasida, "Toshkent Irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti" Milliy tadqiqot Universiteti "QSXET" fakulteti yoshlari bilan "Besh tashabbus" doirasida sport musobaqasi tashkil etildi. Talaba, yoshlarimizni jismoniy chiniqtirish, ularning sport sohasidagi qobiliyatini namoyon qilishlari uchun zarur sharoitlar yaratishga qaratilgan "Besh muhim tashabbus"ning ikkinchi yo‘nalishi sportning futbol turi bòyicha òrtoqlik uchrashuvi bòlib òtdi. Murosasiz kechgan bahsda "QSXET" fakulteti terma jamoasi shakllantirildi. Bu singari o‘rtoqlik uchrashuvlari doimiy ravishda òtkazib turilishiga kelishib olindi.

"QSXET" fakulteti tyutorlari axboroti

Universitet matbuot xizmati