TIQXMMI yangiliklari

img
11.11.2023

Bayramingiz muborak kasaba uyushmalari xodimlari va faollari!

Sizlarni 11-noyabr – O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni bilan chin qalbdan muborakbod etamiz. 

Mamlakatimizda xodimlarning huquq va manfaatlarini ta’minlash, ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash va mehnatini muhofaza qilish, bu orqali esa hayotimizda ijtimoiy adolat yanada mustahkam qaror topishida kasaba uyushmalari faoliyati alohida e’tirofga loyiq.

Mana shunday mas’uliyatli va sharafli xizmatlaringizda ulkan zafarlar hamisha yor bo‘lsin. Xonadoningizdan tinchlik, qut-baraka arimasin.