TIQXMMI yangiliklari

img
19.03.2024

 Bayram oldi bardamlik yoxud sumalakning lazzati

Navro’z ayyomini xalqimiz naqadar orziqib va intizor bo’lib kutib olayotgani, bu bayramni eng qadimiy va asl milliy bayram sifatida ana shunday ardoqlab o’tkazishimiz, hech shubhasiz, bejiz emas va bunda chuqur ma’no-mazmun bor. Navro’z g’oyalarida milliy va umuminsoniy axloqiy me’zonlarning ustuvorligi, “Avesto” zamonlaridan buyon xalqimizning bezavol saqlanib kelayotgan qadimiy urf-odat va udumlari mujassam topganida, hamohang bo’lganida ko’rishimiz mumkin. 2024 - yil 18 - martda 5 - talabalar turar joyida ya’ni “Yer resurslari va kadastr” fakultetida “Sumalak sayli” boshlandi. Ushbu Sumalak sayliga fakultetimizning barcha professor -o’qituvchilari va talabalari faol qatnashdilar. “Navro’z” bayrami munosabati bilan “Sumalak sayli” mavzusida fakultetimizning barcha xotin-qizlari hamkorligida tadbir bo’lib o’tdi. Sumalak atrofida barcha talaba-yoshlar xizmat qilib, bayramona kayfiyatda hamda professor-o’qituvchilari ishtirokida o’yin-kulgi ko’tarinki ruhda o’tkazildi. Talabalar doshqozon atrofida milliy o’yinlar, she’riy baytbaraklar bilan faol ishtirok etishdi. Sumalak sayli talabalarda  birdamlik va ahillik hissini uyg‘otish bilan birga - mehr-oqibat, xayru saxovat kabi chin insoniy fazilatlarni shakllantirishga xizmat qiladi.

"YRK" fakulteti Xotin-qizlar masalalari bo'yicha dekan maslahatchisi  Z.Xafizova axboroti

Universitet matbuot xizmati