TIQXMMI yangiliklari

img
20.03.2024

Bayram dasturxonida

 «Gidrotexnika qurilishi» fakulteti dekan maslahatchisi F.Yunusova, fakultet tyutori D.Xursandovalar boshchiligida 1-sonli talabalar turar joyida yashovchi talaba qizlarimiz hamda professor o'qituvchilarimiz ishtirokida “Har kuning Navro'z bo'lsin, jonajon O'zbekistonim!” bayram dasturxoni tashkillashtirildi. Tadbirda qizlarimiz ko'k somsa, sumalak, bahoriy salatlar, bahoriy milliy taomlar  tayyorlab chiroyli dasturxon atrofida jam bo'lishdi. 

Talaba qizlarimiz bahor va navro'zni tarannum etuvchi she'rlar hamda milliy musiqalarga sahnalashtirilgan raqslari bilan tadbirga yanada ko'rk qo'shdilar. Barcha milliy bayramlar qatori Navro'z bayramini ko'tarinki kayfiyat bilan boshlab, fasli navbahor  ayyomiga sog'-salomat yetkazganidan shukronalik tuyg‘usi har bir talaba-qizlarimiz qalbida ufurib turganligi bayram fayziga yanada fayz kiritdi.

"GTQ" fakulteti dekan maslahatchisi F.Yunusova va tyutor D.Xursandovalar axboroti

Universiret matbuot xizmati