TIQXMMI yangiliklari

img
26.02.2024

 “Balli, ayollar!” ko’rik - tanlovida

Universitetimiz professor o‘qituvchilarining turli tadbirlarda ishtiroki mamlakatimiz ijtimoiy jarayondagi voqelikka faol munosabatining belgisidir. 2024-yil  fevralida Chirchiq oliy tank qo’mondonlik-muhandislik bilim yurtida harbiy garnizonlarida harbiy xizmatchilarning oila bekalari o’rtasida “Balli, ayollar” ko’rik-tanlovi bo‘lib o‘tdi. “Yer resurslari va kadastr” fakultetining xotin - qizlar masalalari bo’yicha dekan maslahatchisi Z.Xafizova  hay’at a’zosi eksperti sifatida o‘z shogirdlari, iqtidorli talabalari bilan borib qatnashdi.

“Men namunali harbiy oila bekasiman” shiori ostida o’tkazilayotgan mazkur tadbir tinchligimiz posbonlari oilalarining jamiyatdagi nufuzini oshirib, oilalarda har taraflama barkamol avlodni kamolga yetkazishga yo’naltirilgani bilan ahamiyatlidir.

Tadbirda so’z olganlar mamlakatimizda harbiylarning oilalarini mustahkamlash, ularning ijtimoiy muhofazasini kuchaytirish, bo’sh vaqtlarini mazmunli o’tkazish hamda muammolarini aniqlash va hal etish borasida e’tiborga molik ishlar olib borilayotganligini ta’kidladilar.

 Uy bekasi, turli sohalarda mehnat qilayotgan hamda farzand tarbiyasi bilan shug’ullanayotgan tanlov ishtirokchilari belgilangan 5 ta shart -  bo’yicha g’oliblik uchun o’zaro bellashdilar.

“Yer resurslarini boshqarish” kafedrasining katta o’qituvchisi Z.Xafizova axboroti

Universitet matbuot xizmati