TIQXMMI yangiliklari

img
11.03.2024

Bahoriy tuyg’ular bilan

Ayolning nafosati va nazokati, vafo va sadoqati, aql-zakovati va fidoyiligi asrlar mobaynida yer yuzida hayot davomiyligi va abadiyligiga asos bo‘lib keladi. Shu bois ham dunyodagi eng buyuk san’at asarlari, qo‘shiq va qasidalar, me’moriy obidalar ayollar sha’niga bag‘ishlangandir.

“Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti “Gidrotexnika qurilishi” fakulteti dekan maslahatchisi F.Yunusova, fakultet tyutori D.Xursandovalar boshchiligida 1-sonli talabalar turar joyida yashovchi talaba qizlarimizni 8 mart Xotin-qizlar kuni bilan  tabriklash uchun tashrif buyurishdi. Yigitlarimiz she’r va qo’shiqlar bilan tadbirni ko’tarinki ruhda o’tkazishda o’z hissalarini qo’shishdi.  

"GTQ" fakulteti dekan maslahatchisi F.Yunusova va tyutor D.Xursandovalar  axboroti  

Universitet matbuot xizmati