TIQXMMI yangiliklari

img
23.03.2023

Bahorgi tijoratlashtirish forumi

O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta'lim, Fan  va Innovatsiyalar Vazirligi huzuridagi Innovatsion rivojlanish agentligida Bahorgi tijoratlashtirish forumi bo‘lib o‘tdi. Ushbu forum doirasida oliy ta'lim muassasalari va ilmiy tashkilotlarning ilmiy ishlanmalarini forum doirasida tarmoq korxonalarga va hokimliklarga namoyish qilish, Har bir Oliy ta'lim muassasasi va ilmiy tashkilotlar tarmoq va hududlar rahbarlari bilan uch tomonlama shartnoma imzolash, tegishli xududlardagi Oliy ta'lim muassasalari va ilmiy tashkilotlarning olimlari bilan muntazam uchrashuvlarni o‘tkazish, innovatsion mahsulot va xizmatlar bilan ishtirokini ta'minlash, soxadagi muammolar yechimiga qaratilgan taqdimotlar tayyorlash, innovatsion mahsulotlar sotuvi bo‘yicha shartnomalar tuzish, taqdimotlari yechimlariga qaratilgan ishlanmalarni amalga oshirish bo‘yicha uch tomonlama shartnomalar imzolash, tarmoq korxonalari tomonidan innovatsion rivojlanish

Strategiyasi doirasida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida so‘z yuritildi. Forumda “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti professor-o‘qituvshilari, talaba va magistrlar tomonidan O‘simliklarga purkab ishlov beruvchi mobil elektromexanik qurilmani yaratish, Energiya va resurs tejamkor kartoshka ekish agregatini yaratish, pillaga dastlabki ishlov berish qurilmasini yaratish, Defuse-IT intellektual suv tozalash uskunasini yaratish mavzusidagi innovatsion ishlanmalari taqdimoti bilan ishtirok etdilar va forum doirasida tijoratlashtirish shartnomalari imzolandi.

Ilmiy tadqiqotlar va innovatsiyalar bo‘limi axboroti