TIQXMMI yangiliklari

img
01.03.2024

Bahor keldi seni so'roqlab

1-mart kuni  “Yer resurslari va kadastr ” fakultetida  Zulfiyaxonim tavallud topgan kuni munosabati bilan   -“BAHOR KELDI SENI SO'ROQLAB” mavzusida tadbir  tashkil etildi. Bugun bahorning ilk kuni. Bu sana xalqimizning taniqli shoirasi Zulfiya Isroilova tavallud topgan kun ekanligi bilan yanada ahamiyatlidir. Taniqli jamoat arbobi, sadoqat va vafo kuychisi, O’zbekiston xalq shoirasi Zulfiyaxonimning 109 yilligi yurtimiz bo’ylab keng nishonlanmoqda.

Shu munosabat bilan bugun "Yer resurslari va kadastr" fakulteti xotin-qizlar maslahat kengashi tomonidan  shoira tavalludiga bag’ishlangan tadbir tashkil qilindi.  Ushbu davra suhbatida Zulfiyaxonimni  nafaqat badiiy ijodi bilan, ayni paytda o’zbek ayoliga xos vafo va sadoqat timsoli sifatida ham xalqimiz mehrini qozongandir deb talaba-qizlarimizga ma’lumotlar berib o’tildi.

Tadbir doirasida talaba-qizlarimiz Zulfiyaxonim qalamiga mansub she’rlaridan aytib yig’ilganlarni xushnud etishdi. Ushbu tadbirga talaba qizlarimiz va ayol professor-o’qituvchilari  qatnashdilar. Tadbir tashkilotchilari - Xafizova Z., Eshova X. va M.Turg’unovalarga o’z minnatdorchiligimizni bildiramiz.

Universitet matbuot xizmati