TIQXMMI yangiliklari

img
09.02.2024

Badiiy ijod – salbiy hissiyotlardan xalos bo'lish vositasi

Joriy yilning 7-fevral kuni "TIQXMMI" MTU universitet psixologi M.K.Muhammedova va "Energetika" fakulteti tyutori B. Abdullayevlar tomonidan “D” korpus 101 xonada "Energetika" fakulteti 1-kurs talabalari bilan “Art-terapiya” texnologiyalari bilan tanishtirish va ularni amalda qo'llash haqida ma'lumot berish, hamda "Art terapiya" orqali yuzaga kelgan muammolardan xalos bo'lish maqsadida seminar trening tashkil etildi.
Oxirigi vaqtlar "Art terapiya" atamasi  tez-tez tilga olinyapti. "Art terapiya" nima va u nima ma'noni anglatadi va qaysi sohada qo'llaniladi va uning turlari haqida bir oz ma'lumot bersak. Art terapiya (ingliz tilidan art - "art" + terapiya) -  psixoterapiya va psixologik korrektsiyada terapiya uchun san'at va ijodkorlikdan foydalanishga asoslangan yo'nalish hisoblanadi. Art-terapiyada mijozning psixo-emotsional holatiga ta'sir ko'rsatish nazarda tutiladi.


 Art-terapiyaning asosiy maqsadi o'zini namoyon qilish va o'zini o'zi bilish, ichki qobiliyatini rivojlantirish orqali ruhiy holatn uyg'unlashtirishdir.  San'atdan terapevtik maqsadlarda foydalanishning qadrliligi shundaki, uning yordami bilan turli xil his-tuyg'ularni: sevgi, nafrat, g'azab, qo'rquv, quvonch va boshqalarni ramziy darajada ifodalash va kashf qilish mumkin. Art-terapiya texnikasi orqali  insonning ichki “Men”i  psixik holati bilan uyg'unlashuvi hosil bo'ladi. Psixoanaliz nuqtai nazaridan art-terapiyaning asosiy mexanizmi sublimatsiyadir. Fanga "Art terapiya" atamasi (so'zma-so'z: badiiy davolash) 1938 yilda rassom Adrian Xill tomonidan kiritilgan. Adrian Xill sanatoriylarda sil kasalligi bilan og'rigan bemorlar bilan olib borgan ishlarini tavsiflash jarayonida "Art terapiya" atamasi hosil bo'lgan. Bu usul Qo'shma Shtatlarda Ikkinchi jahon urushi paytida fashistlar lagerlaridan olingan bolalar bilan olib borilgan ishlarda qo'llanilgan. S. Freyd va C. G. Yungning psixoanalitik qarashlariga ko'ra "Art terapiya" orqali hosil qilingan ijod namunasi ya'ni chizmachilik, haykaltaroshlik, montaj mijozning ongsiz aqliy jarayonlarini ifodalaydi.  1969 yilda Amerikada “Amerika Art Terapiya” Uyushmasi tashkil etildi. "Art terapiya" ning juda ko'p turi mavjud bular:
Musiqaterapiya, fototerapiya, kollaj terapiya, qum terapiya, bibilioterapiya, vokaloterapiya, metaforik kartalar (MAK), o'yinterapiya, raqs terapiya, izoterapiya, ertakterapiya, kinoterapiya, matoterapiya (mato qirqimlaridan kompozits iyalar yaratish)lardan iborat. Bugungi tadbirda vokaloterapiyadan foydalanib talabalarning ijodiy qobiliyatlarini o'stirishga, reaktsiya tezligini oshirishga, xotirani kuchaytirish, diqqatni jamlash, e'tiborlilikni kuchaytirishga asoslangan trening olib borildi. Unda "Kaftdagi gullar"  "Ajoyib bog'" va "Orzular daraxti" kabi mashg'ulotlar o'tkazildi. Tadbirda barcha ishtirokchilar faol qatnashishdi va keyingi tadbirlar mavzusi  haqida talab va takliflarini bildirishdi.

Universitet psixologi M.K.Muhammedova va "Energetika" fakulteti tyutori B. Abdullayevlar axboroti

"TIQXMMI" MTU matbuot xizmati