TIQXMMI yangiliklari

img
18.05.2024

Azerbayjonning Boku shahridagi Huawei Tech Carnival 2024 tadbiri doirasidagi “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti rektori bilan hamkorlik uchrashuvlar

Universitet rektori Bahodir Mirzayev boshchiligidagi delegatsiya Huawei kompaniyasining Ta’lim va Tibbiyot sohasi bo‘yicha direktor o‘rinbosari Huang Yu bilan Smart Universitetni joriy qilish masalalari ko‘rib chiqildi. Bunda smart auditoriyaning texnologik yechimlari va xususiyatlari, kampusni to‘laqonli Wi-Fi 7 qamrovi bilan qoplash uchun imkoniyatlari to‘laqonli muhokama qilindi. HEMIS tizimi va unga ULearning platformasini integratsiyasini joriy qilish, shuningdek, Smart yotoqxonaning texnik yechimlarini ko‘rib chiqishdi.

Ushbu kompaniyaning Yaqin Sharq va Markaziy Osiyo bo‘yicha direktor o‘rinbosari XIE CHAO bilan uzoq muddatli hamkorlik masalalari va strategik sheriklik haqida muzokaralar o‘tkazildi. Ko‘p yillik hamkorlik natijalari hamda kelgusida qilinadigan ishlar bo‘yicha batafsil suxbat o‘tkazildi. Shuningdek, Smart Kampus, smart auditoriya, tezkor Wi-Fi 7, smart videokamera kabi demonstrativ stendlar yordamida kerakli ma’lumotlarga ega bo‘lindi.