TIQXMMI yangiliklari

img
06.03.2024

"Ayol go'zalligi olamni bezar"

Аyolning nafosati va nazokati, vafo va sadoqati, aql-zakovati va fidoyiligi asrlar mobaynida yer yuzida hayot davomiyligi va abadiyligiga asos boʼlib keladi. Shu bois ham dunyodagi eng buyuk sanʼat asarlari, qoʼshiq va qasidalar, meʼmoriy obidalar ayollar shaʼniga bagʼishlangandir. Oila va jamiyat ustuni, hayotimizning fayzi va koʼrki boʼlgan xotin-qizlarni eʼzozlash, ularga hurmat va ehtirom koʼrsatish xalqimiz uchun azal-azaldan buyuk qadriyat boʼlib kelgan va shunday boʼlib qoladi.

Joriy yilning 5- mart kuni "Iqtisodiyot" fakulteti xotin-qizlar masalalari bo'yicha kengash raisi Ra'no Kodirova, fakultet tyutori Gulbaxor Shodiyevalar 3- TTJ da fakultet talaba qizlari ishtirokida "8-mart -Xalqaro xotin-qizlar"kuni  munosabati bilan "Ayol olamni goʻzal, mehrli va adolatli qilish uchun yaratilgan zot" mavzusida ma'naviy -ma'rifiy, badiiy tadbir o'tkazdilar.

Tadbirda Ra'no Kodirova, Gulbaxor Shodiyevalar Bugun mana shunday dilbar, qutlugʼ bahor ayyomida aziz qizlar sizlarni, sizlar orqali munis onalarimizni, hurmatli opa-singillarimizni oʼzlari kabi goʼzal bayramlari "8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni" bilan muborakbod etdilar. Ayollarga bag'ishlangan she'rlardan o'qidilar.

Talaba qizlarimiz ham o'z o'rnida, chiroyli tabrik va she'rlar o'qidilar. She'rxonlik maroqli, uzoq davom etdi. Tadbir sermazmun, qizg'in va juda quvnoq o'tdi .

"Iqtisodiyot" fakulteti xotin-qizlar masalalari bo'yicha kengash raisi Ra'no Kodirova axboroti

Universitet matbuot xizmati