TIQXMMI yangiliklari

img
09.03.2024

Ayol borki, olam maftunkor

7-mart kuni “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti  "Gidromelioratsiya"  fakulteti dekani J.Ishchanov boshchiligida fakultet ayol professor-o‘qituvchilari hamda talaba-qizlar ishtirokida “8-mart – Xalqaro xotin-qizlar” kuniga bag‘ishlangan tadbir  bo‘lib o‘tdi.

Tadbirni J.Ishchanov  kirish so‘zi bilan ochib, so‘nggi yillarda xotin-qizlarga  ta’lim olishlari uchun berilgan imkoniyat va imtiyozlar, xalqaro tanlovlarda yurtimiz yoshlarining ishtirokini yanada oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar xususida to`xtalib  o‘tdi.

Tadbirda  universitet rektorining talaba-qizlarimizga yo‘llagan  bayram tabrigini o‘qib eshittirdi. Fakultet professor-o‘qituvchilari talaba-qizlarga samimiy tilaklar bildirib, tabriknomalar va sovg`alarni topshirishdi.

Yoshlar bilan ishlash bo`yicha dekan o`rinbosari O.Ro`zibayev axboroti

Universitet matbuot xizmati