TIQXMMI yangiliklari

img
05.05.2023

“Axlatni men tashlamadim, lekin yurtim meniki!” shiori ostida chellenj

18-mart kuni Raqamli texnologiyalar vazirligi yurtimizni yanada obod qilish, bu jarayonga ko‘proq yoshlarni jalb etib, ona Vatanimiz tabiatini ozoda saqlash, ko‘kalamzorlashtirish va “Yashil makon” umummilliy loyihasi tashabbusiga munosib hissa qo‘shish maqsadida “Axlatni men tashlamadim, lekin yurtim meniki!” shiori ostida chellenj e’lon qilgan edi.

4-may kuni Raqamli texnologiyalar vazirligi binosida taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi.

10 nafar g'olib aniqlanib "TIQXMMI" Milliy tadqiqot universiteti talabalaridan tashkil topgan Ibrohimov No'monjon boshchiligidagi @IRIGATORS jamoasi g'oliblar qatoridan joy egalladi.