TIQXMMI yangiliklari

img
29.12.2023

AUTONOMOUS jamoasi o‘z loyixasi bilan 10 nafar eng yaxshi innovatsion loyiha ko‘rsatgichga ega bo‘ldi

Toshkent viloyati Yoshlar Texnoparkida tashkil etilgan “InnoX” biznes inkubatori 2-mavsumi qatnashchilarining 3 oy davom etgan dastur yakunlariga ko‘ra “Demo day” loyihalar taqdimoti oʻtkazildi.

Tadbir davomida 10 dan ortiq Toshkent viloyati va Ohangaron innovatsion hududidan kelgan ishtirokchilar oʻz loyihalari taqdimotlari bilan qatnashdilar. AUTONOMOUS jamoasi rahbari TJAB kafedrasi katta oqituvchisi Nigmatov Azizjon Mahkamovich boshchiligida jamoa o‘z loyixasi bilan qatnashib 10 nafar eng yaxshi innovatsion loyiha korsatgichga ega bolishdi va 3-o‘rinni qo‘lga kiritishdi.

Ohangaron tuman hokimining innovatsion rivojlanish masalalari oʻrinbosari , Oliy ta’lim,fan va innovatsiyalar vazirligi Toshkent viloyati boshqarmasi rahbarlari,hamda “InnoX” biznes inkubatsiya dasturi bosh mentorlaridan tashkil topgan hakamlar hayʼati loyihalarni belgilangan nizom doirasida baholab bordilar.