TIQXMMI yangiliklari

img
19.03.2024

"Assalom, navro'z"

Navro‘z bu tinchlik, totuvlik, farovonlik bayrami bo'lib, yurtimizda har yil keng nishonlanib kelinadi. Keksa-yu yosh uchun birdek aziz shodiyona bo'lmish Navro'z-boshqa bayramlardan milliylik an'analari, milliy qadriyatlari bilan ajralib turadi. Yangilanish faslida "Navro'z" nomiga mos bayram, va bu bayramda ko'klamning ko'klaridan milliy taomlar tayyorlanadi, turli sayilgohlar tashikl qilinadi, milliy kuy qoshiqlar taraladi.

Aynan shu bahoriy bayram kayfiyatini tarannum etish maqsadida Universitetimiz "Iqtisodiyot" fakultetining "Ingliz tili" kafedrasi tomonidan, kafedra mudiri Isakulova Baxtijon tashabbusi bilan o'qituvchi Yuldashova Nargiza boshchiligida va bir qator ustozlar Umarova Feruza, E’zoza, Teshayeva Dildora va Karimov Feruzjonlar hamda 1-kurs talabalari "ASSALOM NAVRO'Z" deya nomlangan tadbir tashkillashtirildi. Tadbirda talabalar ijodi namunalaridan: she'r va qo'shiqlar ijro etildi. Samimiy tilaklar izhor etildi.

Bu bayram oddiy bayram emas, balki xalqimizning tarixi, falsafasi, tushuncha tasavvurlari, qadriyatlarini o‘zida mujassam etgan, millat bilan ulg‘ayib, millat bilan birga taraqqiy etgan bayram bo'lib, an'analar davomi sifatida taqdim etildi.                           

                   UNIVERSITET MATBUOT XIZMATI