TIQXMMI yangiliklari

img
07.02.2024

Art terapiya – sayilgohda 

Bugun “Toshkent Irrigatsiya va qishloq  xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universiteti “Iqtisodiyot” fakulteti 1-bosqich 108-guruh talabalari bilan qobiliyatni aniqlash bo‘yicha “ART – TERAPIYA” mavzusida ko‘chma seminar trening shahrimizning qoq markazida joylashgan, yoshlar uchun eng sevimli maskanga aylangan SAYILGOHda bo‘lib o‘tdi. 


Yoshlar, shahrimiz mehmonlari, turistlar bilan gavjum bu maskan o‘ziga xos go‘zallikka ega. Bir tomonda Amir Temur maydonida qad rostlab  turgan Sohibqiron haykali, ikkinchi tomonda esa Mustaqillik maydoni hammani o‘ziga chorlab turadi. Talaba – yoshlar bu yerdagi rasmlarni sinchiklab tomosha qilishdi. O‘zlarini qiziqtirgan rasmlar bo‘yicha savollarga rassomlardan  javoblar olishdi. Rassomlar talaba – yoshlarga kerakli maslahat va tavsiyalar berishdi. Sayilgohdan bir olam shodlik va quvonch bilan qaytdik.

“Iqtisodiyot” fakulteti   tyutori Egamova axboroti 
Universitet matbuot xizmati