TIQXMMI yangiliklari

img
06.02.2024

“Art terapiya” mavzusida

“TIQXMMI” MTU “Ekologiya va huquq” fakulteti tyutorlari X.Ro’zmetov, I. Ahmedova hamda universitet psixologi M.Muhammedovalar tashabbusi bilan fakultetning 1-bosqich talabalari ishtirokida “Art terapiya” mavzusida seminar trening o’tkazildi. Unda talabalar turli xildagi chizilgan rasmlarni rangli qalamlar orqali bo’yashdi va shu asosida o’zlarining xarakterlari va qobiliyatlarini, ichki kechinmalari hamda psixologik holatlari haqida bilib oldilar. Shu asosida psixolog tomonidan kerakli maslahat va yo’nalishlar berildi va individual tarzda ishlashni xohlaganlarni ham istalgan paytda qabul qilib ularga kerakli tavsiyalarni berishlarini ham alohida ta’kidlab o’tdilar.

Art-terapiya - sanʼat va ijodkorlikdan foydalanishga asoslangan psixoterapiya hisoblanadi. Art-terapiyaning asosiy maqsadi oʻzini namoyon qilish va oʻzini oʻzi bilish qobiliyatini rivojlantirish orqali ruhiy holatni uygʻunlashtirishdir. Sanʼatdan terapevtik maqsadlarda foydalanishning ahamiyati shundaki, u turli xil his - tuygʻularni: sevgi, nafrat, xafagarchilik, gʻazab, qoʻrquv, quvonch va boshqalarni ramziy ravishda ifodalash va oʻrganish uchun ishlatilishi mumkin. Art-terapiya texnikasi insonning ichki „men“i mazmuni u chizgan yoki bo’yagan rasmlarda aks etadi. Bundan kelib chiqadiki insonning, ayniqsa, yoshlarning psixologik holatlari o’zgarib turishi sababli ular bilan psixologik tomondan muntazam ishlash va shu orqali muammolarini yechishga psixologik amaliy yordam berib borish zarur. O’tkazilgan mazkur seminar trening ham ayni shu maqsadni o’z ichiga olgan.

“Ekologiya va huquq” fakulteti tyutorlari X.Ro’zmetov, I.Ahmedova hamda universitet psixologi M.Muhammedovalar axboroti

Universitet matbuot xizmati