TIQXMMI yangiliklari

img
07.02.2024

Art muzeida art terapiya

“Iqtisodiyot” fakulteti talabalari tyutor Shodieva Gulbahor boshchiligida O‘zbekiston ART muzeyiga tashrif buyurishdi. ART muzeyi Toshkent shahrida joylashgan va eng chiroyli muzeylardan biri hisoblanadi. Umuman olganda, muzey kolleksiyalarida eksponatlar va rasmlar XIX-XXI asrga tegishli bo'lib eng noyob durdonalar ko'rgazmaga qoyilgan.

Muzey koʻrgazmasida Oʻrta Osiyoda va Evropa rassomlarining ishini kuzatish imkonini yaratilgan. Yuqori qavatlarda Evropa rassomlari Ayvazovskiy, Repin, Levitan, Mashkov va Kandinskiy ishlari o'rnatilgan. Birinchi qavatda O'zbekiston rassomlarining ishlarini ko'rsak bo'ladi. Muzeyda juda ko'p san'at durdonalari mavjud va ularning barchasi bilan tanishin chiqish uchun 2 soat juda ozlik qildi.

Talabalar vaqtlarini mazmunliy o'tkazganligidan mamnun bo’ldilar.                       

                                                                                                              “Iqtisodiyot”fakulteti tyutori Gulbahor Shodiyeva axboroti

   Universitet matbuot xizmati