TIQXMMI yangiliklari

img
16.05.2024

Amaliyot xisobotlari topshirilmoqda

“Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti rektorining191/t-sonli buyrug’iga asoslangan xolda ushbu buyruqning ijrosini ta’minlash maqsadida “Gidromelioratsiya” fakultetining 5111007-Professional ta’lim (Suv xo’jaligi melioratsiya), “Qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalash” fakultetining 5111005- Professional ta’lim (Qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalash) bakalavriat ta’lim yo’nalishining 4-bosqich talabalarini 2023/2024 o’quv yili grafigi ostida 2024-yil 4-martdan 1-maygacha bitiruv oldi amaliyoti tashkil etildi.

Amaliyot bo’yicha tayyorlangan xisobotlarni “Proffesional ta’lim” kafedrasi mudiri Dilrabo Inatovna boshchiligida kafedra o’qtuvchilari tekshirib xulosalarni ko’rib chiqishdi. Xar bir talaba o’ziga biriktirilgan ta’lim muassasalarida bitiruv oldi amaliyotini ma’sulyat bilan o’tab olingan nazariy bilimlarini amaliyot jarayonida qo’llab malaka va tajribalarini oshirib qaytilar desak mubolag’a bo’lmaydi. Ta’lim muassasida o’zlariga biriktirilgan amaliyot rahbarlari bilan belgilangan vazifalarni qanday tarzda amalga oshirganliklarini va olgan amaliy ko’nikmalari bilan o’z xisobotlarida aytib o’tdilar.

         Qiziqarli, sermazmun va muhokamaga boy bo‘lgan xisobotlar ximoyasi yuqori saviyada o‘tkazildi, barcha xisobotlar o'zgacha yondashuv bilan tayyorlanganligi barchamizni quvontirdi.

 

Professional ta’lim” kafedrasi assistenti Z.Temirova axboroti

Universitet matbuot xizmati