TIQXMMI yangiliklari

img
29.05.2024

Amaliyot hisobotining taqdimoti

“Hayot faoliyati xavfsizligi” kafedrasida “Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi” ta’lim yo‘nalishi 3-kurs talablarining “4+2” tizimi bo‘yicha tashkil etilgan “Ishlab chiqarish” amaliyoti yakunlari bo‘yicha talabalarining amaliyot hisobotlari qabul qilindi. Talabalar tomonidan amaliyot hisobotlari taqdimot ko‘rinishida topshirildi.

“Ishlab chiqarish” amaliyoti “4+2” tizimi bo‘yicha soha bo‘yicha 7 ta tashkilotlarda 2023 yil 4 dekabrdan 2024 yil 11 maygacha haftaning dushanba va seshanba kunlari tashkil etildi.

“Hayot faoliyati xavfsizligi” kafedrasi