TIQXMMI yangiliklari

img
14.10.2023

Amaliy san’at muzeyi sari yo’l

“TIQXMMI” milliy tadqiqot universiteti “Ekologiya va huquq” fakulteti tyutori X.Ro’zmetov boshchiligida fakultetning 112-guruh talabalari O’zbekiston Amaliy San’at muzeyiga tashrif buyurishdi. Qo’lda tayyorlangan amaliy san’at namunalari jamlangan mazkur muzeyda O’zbek millatining qadimiy topilmalaridan tortib, o’z davrida foydalanilgan chinnilar va oshxona buyumlarigacha uchratish mumkin.

 Ayniqsa, qo’lda yasalgan milliy kiyimlar talabalar e’tiborini yanada tortdi. Tashrif davomida talabalar ota-bobolarimiz foydalangan buyumlar bilan tanishish asnosida o’zlari uchun madaniy hordiq chiqardilar va o’tmish haqida yanada kengroq tasavvurga ega bo’ldilar.

“Ekologiya va huquq” fakulteti tyutori X.Ro’zmetov axboroti

Universitet matbuot xizmati