TIQXMMI yangiliklari

img
02.03.2023

Allomalar va ustozlar xazinasi

Diyorimiz butun dunyo va biz tanigan Imom Buxoriy, Termiziy, Xorazmiy, Beruniy va ko'plab olim va allomalar hamda boshqa ko'plab olimlar zamini bo'lgan. Hozir ham diyorimizda ustozlar va shogirdlarga salohiyatli davr davom etayapti. Bahorning ilk kunlarida umrining yarmidan ko'pini vatan kelajagi uchun minglab soha uchun kerakli kadrlarni tayyorlashda o'z mehnatini ayamasdan xizmat qilgan ustoz "Yer resurlari va kadastr" fakulteti, "Geodeziya va geoinformatika" kafedrasi texnika fanlari nomzodi, dotsent Nurmatov Erkin ustozning 85 yoshni qarshi olganligi sababli, kafedra professor-o'qituvchilari ustoz oilasiga tashrif buyurishdi. Tashrif chog'ida universitetimiz rahbariyati tomonidan tayyorlangan  tabrik so'zlar, oila a'zolariga yetkazildi. Hayot juda qisqa, bu zaminda ustozlarini e'zozlagan yurt qudratli va yoshlari kuchli bo'lur. Tabassum qiling, hayotni seving, yomonlikdan qochin, ustozlarni qadrlang. Ustozlarni borida qadrlamoq kelajak uchun chiroqidir.

"Geodeziya va geoinformatika" kadedrasi dotsenti Islomov O'tkir axboroti

 Universitet matbuot xizmati