TIQXMMI yangiliklari

img
09.02.2024

Alisher Navoiyni yod etib

        Bugun 9-fevral 2024-yil buyuk shoir va mutafakkir, davlat arbobi  Alisher Navoiy (1441-1501)  tavalludining 583 yilligi munosabati bilan “Toshkent Irrigatsiya va qishloq  xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti “Iqtisodiyot” fakulteti 1-bosqich 101-guruh talabalari bilan Adiblar xiyoboniga tashrif uyushtirdik.

To‘liq ismi Nizomiddin Mir Alisher. Navoiy taxallusi ostida chig‘atoy (eki o‘zbek tili) hamda forsiyda (fors tilidagi asarlarida) ijod qilgan. G‘arbda chig‘atoy adabiyoti hisoblanmish o‘zbek adabiyotining eng yirik namoyandasi. Umuman olganda, butun turkiy xalqlari orasida u kabi yirik Alisher Navoiy butun hayoti davomida adabiy asarlarni siyosat bilan birlashtirgan. Yuqori mansabga ega shaxs bo‘la turib, u mamlakat hayotining ijtimoiy-iqtisodiy takomillashishiga katta hissa qo‘shgan; ilm, fan, san’at rivojiga homiylik qilgan; tinchlik va totuvlik hukmron surishiga doim harakat qilgan. Ko‘rib turganimizdek, Navoiy merosi mavzu va janrlari bo‘yicha turlidir. Uning asarlari XV asrdan hozirgi kungacha o‘zbek adabiyoti rivoji uchun xizmat qilib kelmoqda. Asrlar davomida uning asarlari taqlid va ilhom manbai bo‘lib hisoblanib kelgan.

Talaba-yoshlar ushbu tashrifdan ko‘tarinki ruh va  olam-olam taassurotlar bilan qaytishdi.

 “Iqtisodiyot” fakulteti   tyutori D.Egamova axboroti

Universitet matbuot xizmati