TIQXMMI yangiliklari

img
08.04.2023

Ajdodlarimiz hamisha barhayot

Temuriylar sulolasining yorqin vakili buyuk sarkarda, mohir qilichboz, davlat arbobi Amir Temur bobomiz tavalludining 687 yilligi munosabati bilan 08.04.2023 yil TIQXMMIMTU Gidromelioratsiyafakulteti tyutorlari jamoasi U.Usmanov, D.Axrarova, G.Axmedjanova va Z.Tursunovalar tashabbusi bilan 1-2 kurs talabalari ishtirokida Buyuk bobomizni xotirlabmavzusida Amir Temur xiyoboniva Amir Temur davlat muzeyiga tashrif buyurishdi. Tashrifdan kozlangan maqsad Amir Temurning bosib otgan yollari, Temuriylar sulolasi va Amir Temurning nodir asari Temur tuzuklarihaqida talabalarga batafsil malumotlar berildi.

Malumot ornida: Temur Taragay ibn Barlos 1336-yil 9-aprelda uncha katta bolmagan Xoja Ilgor qishlogida tugilgan. Temur nomi turkiy tildan "temir" deb tarjima qilinib, bu ko'p jihatdan uning irodali fel-atvori va kelajakdagi taqdiriga tasir korsatgan. U jasur va mard yigit edi, ota-onasi va ustozlari uni haqiqiy jangchi qilib tarbiyalashgandi. Jangda olgan oyogidagi jarohatlarga qaramay, u juda kuchli qudratga ega edi va oxirgi kunlarga qadar barcha yurish va janglarda shaxsan ishtirok etdi.

XV asr boshlariga kelib Amir Temur ulkan imperiyani tuzdi, uning yer-suvlari Volgadan Kavkazgacha, Markaziy Osiyodan Hindistongacha chozilgan edi. Dono qomondon sifatida u oz yerlarini himoya qilish uchun kopmingli mukammal qoshinni tuzdi. Amir Temurning boshqaruvi 35 yil (1370-1405) davom etdi. 1404-yilda Amir Temur O’tror shahridan o’tib, Xitoyga safari paytida birdan kasal bo’lib, to’satdan vafot etdi.


“Gidromelioratsiya” fakulteti tyutori Z.Tursunova axboroti

Universitet matbuot xizmati