TIQXMMI yangiliklari

img
06.05.2023

Ajdodlar xotirasi - mangu barhayot!

9- may Xotira va gadrlash kuni oldidan "TIQXMMI " MTU "Gidrotexnika qurilishi" fakulteti tyutori X.Saidova boshchiligida hamkorlik dasturi asosida BNTU dan kelgan faol talabalar bilan "Motamsaro ona" xaykali poyiga hurmat bajo keltirish va oʻltganlar xotirasini yodga olish maqsadida tashrif uyushtirildi.

Talabalar el-yurtimizning baxti- saodati, tinchligi yoʻlida qurbon boʻlgan bobolarimiz ismi- shariflari keltirilgan lavhalarga qarab urushning suronli onlari, insonlar yuragidan oʻtgan qoʻrqinchli lahzalarni oʻzlarida his etib, hayajon bilan bobolarimiz koʻrsatgan  jasoratlarini yodga olishdi. Biz yosh avlod tichligimiz yoʻlida  jang qilgan bobolarimizni hamisha xotirlaymiz, ularning qahramonliklari har bir yurtdoshimiz qalbida mangu va abadiy yashaydi, hech kim va hech qachon unutmaydi.                                                                                 

Gidrotexnika qurilishi fakulteti tyutori X.Saidova axboroti

“TIQXMMI” MTU matbuot xizmati