TIQXMMI yangiliklari

img
09.02.2024

Ajdodlar ruhi mangu barhayot

2024 yil 9 fevral kuni Ulug‘ shoir, davlat arbobi, turkiy tilining asoschisi, mutafakkir Alisher Navoiy tavalludining 583 yilligi munosabati bilan Poytaxtimizdagi Adiblar hiyobonida O‘zbekiston qahramoni, O‘zbekiston xalq shoiri Abdulla Oripov haykali qoshida “Iqtisodiyot” fakultetining dekani U.Alimov, Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari J.Turdiyev, Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi R.Qodirova, tyutorlar G.Shodieva, D.Egamova hamda bir guruh fakultetning iqtidorli yoshlari ishtirokida Alisher Navoiy ijodiga bag‘ishlangan “Ajdodlar ruhi mangu barhayot” mavzusida adabiy, ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

Tadbirda so‘zga chiqqanlar A.Navoiy ijodining xalq va millat taraqqiyoti, ezgulik va ilm-ma’rifatning ustuvorligi, xalqparvarlik, millat taqdiriga bo‘lgan e’tibor hamda yurtga muhabbatning tarannum etilishi borasida so‘z va fikr mulohazalari bilan yoshlarga ibrat mazmunidagi motivatsion murojaatlarini o‘z ichiga oldi. Fakultetning iqtidorli talaba yoshlari tomonidan Alisher Navoiy ijodiga mansub g‘azal va ruboiylari yod olindi. Universitetimiz dotsenti A.Axmedov ijrosida Alisher Navoiy qalamiga mansub g‘azallardan jonli ijroda qo‘shiqlar kuylandi. Ma’naviy-ma’rifiy uchrashuv talaba yoshlarda katta qiziqish va taasurotlar qoldirdi.

“Iqtisodiyot” fakulteti dekani o‘rinbosari J.Turdiyev ma’lumoti

Universitet matbuot xizmati