TIQXMMI yangiliklari

img
10.02.2024

"Adiblar xiyoboni"ga tashrif

 “Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash” fakulteti professor-o‘qituvchilari va talabalari "Adiblar xiyoboni"ga tashrif buyurdilar. Tashrif chog‘ida dastlab buyuk shoir va mutafakkir, davlat arbobi Alisher Navoiyning 583 yillik tavalludiga bag‘ishlangan tadbir, shundan so‘ng  Shoir va jamoat arbobi, O‘zbekiston xalq shoiri Abdulla Oripovning haykali atrofida  shoir tomonidan yozilgan. Shundan keyin shoirning “Ko‘zlarim yo‘lingda”, “Ruhim”, “Xotirot”, “Yillar armoni”, “O‘zbekiston”, “Shoir yuragi” singari to‘plamlari yodga olindi. Uning “Bahor”,  “O‘ylarim”,  “Onajon” kabi she’rlari nafaqat o‘zbek she’riyati, balki jahon she’riyatining ham namuna asarlariga aylanganligi ta’kidlandi.

Tadbir davomida barcha talabalar o‘zlari ijod qilgan ya’ni o‘zining qalamiga mansub she’rlaridan o‘qib eshittirdilar. Tadbir juda qizg‘in davom etdilar. Tadbir yakunidan faol ishtirok etgan talabalarga esdalik sovg‘alari topshirildi.

 

“Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash” fakulteti Tyutori J.Sadullayev axboroti

Universitet matbuot xizmati