TIQXMMI yangiliklari

img
09.02.2024

Аdiblar xiyobonida tashrif

Bugun poytaxtimizdagi Аdiblar xiyobonida buyuk shoir va mutafakkir Аlisher Navoiyning 583 yilligiga bagʼishlangan tadbir boʼlib oʼtdi. Unda ilm-fan namoyondalari, ziyolilar, davlat va jamoat tashkilotlari xodimlari, adabiyotshunos olimlar, barcha oliy taʼlim muossasalar ishtirok etishdi. Ushbu tadbirda barcha oliy taʼlim muossasalar qatorida “Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʼjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqotlar Unversiteti jamoasi hamda talaba-yoshlari faol ishtirok etishdi. Аdiblar xiyoboni bayramona bezatilgan. Maydonda oʼrnatilgan monitorda mutafakkir shoirning hayoti va ijodiga oid videoroliklar, gʼazallari va hikmatli soʼzlaridan namunalar namoyish etildi. Tadbirni “Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʼjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqotlar Unversiteti rektori B.Mirzayev ochib, mamlakatimizda Аlisher Navoiy merosini oʼrganish boʼyicha keng qamrovli ishlar olib borilayotganini taʼkidladi. Navoiyshunos olimlar Oʼzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzolari esa Аlisher Navoiy gʼazallarining chet tillar, xususan, nemis tiliga tarjimalari haqida toʼxtalib, shoir gʼazallaridan birini nemis tilida oʼqib berishdi.

Tadbirda Unversitetimiz jamoasi hamda talabalar barcha ishtirokchilari qatorida buyuk shoir va mutafakkir Аlisher Navoiy haykali poyiga gul qoʼyishdi. Shu yerda yozuvchi va shoirlar, oliy oʼquv yurtlarining professor-oʼqituvchilari va talabalari ishtirokida adabiyot va kitobxonlik tadbirlari ham oʼtkazildi. Ushbu tadbir davomi sifatida Unversitetining “Yer resurslari va kadastr” fakulteti dekani Sh.Narboyev,  Yoshlar bilan ishlash buyicha dekan muovini H.Eshova, fakultet tyutorlari hamda iqtidorli talaba-yoshlari atoqli ijodkorning haykali poyiga gullar qoʼyilishdi. Fakultetimiz talaba-yoshlari tomonidan "Аbdullaxonlik" sheʼriyat kechasi adabiyot shinavandalarini mushoiraga chorladi. Unda shoir ijodidan namunalar, Vatan haqidagi sheʼrlar va qo`shiqlar aytishdi.

Yer resurslari va kadastr fakulteti Yoshlar bilan ishlash boʼyicha dekan muovini Hurriyat Eshova axboroti

Unversitet matbuot xizmati