TIQXMMI yangiliklari

img
08.11.2023

"Adiblar xiyoboni" - ma'naviyat maskani

2023–yil 7-noyabr "Gidromelioratsiya" fakulteti  tyutori A.Shonazarov  rahbarligida  fakultetimizning 1- kurs talabalari “Adiblar xiyoboni”ga tashrif  buyurishdi. Davlatimiz rahbarining 2017-yil 18-apreldagi qaroriga muvofiq, ma’naviy hayotimizda o’chmas iz qoldirgan atoqli yozuvchi va shoirlarning nomlarini abadiylashtirish, yosh avlodning madaniy-ma’rifiy saviyasini yuksaltirish maqsadida O’zbekiston Xalq shoiri, O'zbekiston qahramoni Abdulla Oripov ijodi bo’yicha talabalarga ma’lumotlar berildi.

Yozuvchilar  uyushmasi a’zosi shoira Iroda Rahmonalieva ishtirok etdi o’zinig sherlaridan o’qib berdi va talabalar  ham sevimli shoirimiz ijodidan namunalar keltirdilar. Tadbir talabalar tomonidan ko’tarinki ruhda bo’lib o’tdi.

“Gidromelioratsiya” fakulteti tyutori  A.Shonazarov axboroti

Universitet matbuot xizmati