TIQXMMI yangiliklari

img
15.02.2023

"Adiblar xiyoboni" ga tashrif taassurotlari

14 – fevral kuni "TIQXMMI" MTU “Gidromelioratsiya” fakulteti tyutorlari U.Usmanov, G.Axmedjanova, D.Axrarova va Z.Tursunovalar va fakultet talabalari birgalikda Buyuk shoh va shoir, sarkarda, Vatan tuyg'usini ko'ksida jo aylagan mutafakkir Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 540 yilligi munosabati bilan "Adiblar xiyoboni" ga tashrif buyurishdi. Tashrifdan ko'zlangan maqsad nafaqat Buyuk olimni xotirlash balki undan Ona vatanga bo'lgan muhabbatni o'rganish hamdir. Garchi ul zot Andijon farzandi bo'lishiga qaramasdan to umri yakuniga qadar begona yurtda shoh bo'ldi-yu lekin o'z Ona tuprog'ida jon bera olmadi. Vatan sog'inchi tufayli butun umr iztirobda yashadi va quyidagi  bitiklarini biz yoshlarga ibrat tariqasida tarixga muhrladi: O'zga yurtda shoh bo'lguncha, o'z yurtingda gado bo'l.                                                                       

“Gidromelioratsiya” fakulteti tyutori Z. Tursunova axboroti

Universitet matbuot xizmati