TIQXMMI yangiliklari

img
18.05.2024

Abdulla Oripov nomidagi maxsus stipendiyaga nomzodlarining fakultet bosqichi taqdimoti o’tkazildi

“Ekologiya va huquq” fakulteti talabalarining universitetimizda ta’sis etilgan O’zbekiston Qahramoni, O’zbekiston xalq shoiri Abdulla Oripov nomidagi maxsus stipendiya tanlovi uchun topshirilgan xujjatlari taqdimoti bo’lib o’tdi. Unda fakultet dekani X.Pirmatov, dekan o’rinbosarlari va tyutorlar hamda “Ilhom buloqlari” klubi raisi X.Ro’zmetov shuningdek fakultet talabalari ishtirok etdilar.

Stipendiyaga nomzodlarning yig’ma jildlari ko’zdan kechirildi va taqdimotlari tinglandi. Hakamlar tomonidan turli savollar berildi va nomzodlarning loyiqlik darajasi baholandi. Yakunda ishlarning afzallik va kamchilik taraflari aytib o’tildi va atroflicha tavsiyalar berildi. Talabalar tomonidan A.Oripov qalamiga mansub she’rlardan namunalar o’qildi. Tanlovning universitet bosqichiga fakultetdan 3 nafar talabalar nomzod sifatida taqdim etildi.

“Ilhom buloqlari” klubi rahbari Xursandbek Ro’zmetov axboroti

Universitet matbuot xizmati