TIQXMMI yangiliklari

img
23.05.2024

"Abdulla Oripov nomidagi maxsus stipendiya" nomzodlarini saralash jarayoni

"TIQXMMI" MTU rektori tomonidan 2024 yil 26 - martda tasdiqlangan  "Abdulla Oripov nomidagi maxsus stipendiya" tayinlash tartibi va mezonlari talablaridan kelib chiqib, "Iqtisodiyot" fakultetida tahsil olayotgan talabalar orasidan A.Oripov hayoti va ijodini o'rganish , faoliyatini yoritish, ilmiy tadqiq qilish va targ'ib etish yo'nalishida izlanish olib borayotgan talabgor nomzodlar faoliyatini o'rganish bo'yicha komissiya tuzilib, (komissiya tarkibi: "Iqtisodiyot" fakulteti dekani U.Alimov, "Xotin-qizlar qomita"si fakultet raisi R.Qodirova, ma'naviy ma'rifiy ishlar bo'yicha dekan o'rin bosari J.Turdiyev, "Ingliz tili" kafedrasi ma'naviy-ma'rifiy ishlar boyicha mas'ul N.Yuldashova, guruh rahbari G.Shodievalar) 2024 yil 21-may kuni soat 11:00da ishchi guruh tomonidan ko'rib chiqildi va 2ta talaba Ismailova Umida 100 ball, Yuldasheva Umida 95ball bilan saralab olindi.

"Iqtisodiyot" fakulteti axboroti

Universitet matbuot xizmati