TIQXMMI yangiliklari

img
17.02.2024

Abdulla Oripov muzeyi

Bugun “Toshkent Irrigatsiya va qishloq  xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universiteti “Iqtisodiyot” fakulteti 1-bosqich 110 - guruh faol  talaba-yoshlari bilan universitetimiz axborot resurs markazida joylashgan Abdulla Oripov muzeyiga tashrif uyushtirdik.

Muzeyda adibga tegishli bo‘lgan qiziqarli eksponatlar va malumotlar bilan tanishdik. Talaba- yoshlar Abdulla Oripov qalamiga mansub she’rlardan ham  o‘qib berishdi.

Men nechun sevaman O‘zbekistonni,

Tuprog‘in ko‘zimga aylab to‘tiyo.

Xo‘sh, nechun vatan, deya eru osmonni,

Muqaddas atayman, atayman tanho.

“Iqtisodiyot” fakulteti   tyutori  D.Egamova axboroti

Universitet matbuot xizmati