TIQXMMI yangiliklari

img
22.02.2024

4-TTJda “Shaxmat-shashka” musobaqasi

2024-yil  20-fevralda Toshkent irrigatsiya va qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti milliy tadqiqot universiteti  4-talabalar turar joyida "shaxmat-shashka" musobaqasi o'tkazildiDavlatimiz rahbari ijtimoiy, ma’naviy-ma’rifiy sohalardagi ishlarni yangi tizim asosida yo’lga qo’yish bo’yicha 5 ta muhim tashabbusni ilgari surgan edi. 5 ta muhim tashabbusning Ikkinchi tashabbusi yoshlarni jismoniy chiniqtirish, ularning sport sohasida qobiliyatini namoyon qilishlari uchun zarur sharoitlar yaratishga yo‘naltirilganligi hammamizga ma’lum.

Shu munosabati bilan talaba qizlarni bo’sh vaqtlarini maroqli o’tkazish uchun   “Yer resurslari va kadastr” fakulteti qizlari bilan birgalikda shaxmat-shashka musobaqasi bo’lib o’tdi. Ushbu musobaqani YRK fakulteti Xotin-qizlar masalalari bo'yicha   dekan maslahatchisi  Z.Xafizova , "Geodeziya va geoinformatika" kafedrasi dots.O.Ruziqulova va pedagog tarbiyachi S.Muxrumbaevalar tashkil etdilar.

"YRK" fakulteti Xotin-qizlar masalalari bo'yicha dekan maslahatchisi  Z.Xafizova axboroti

Universitet matbuot xizmati