TIQXMMI yangiliklari

img
25.04.2023

22 aprel- Butunjahon yer kuni

Xabaringiz bor 22 aprel- Butunjahon yer kuni munosabati bilan joriy yilning 18 va 20-aprel kunlari universitetimizda iqtidorli talaba-yoshlar oʼrtasida turli tanlovlar va koʼrgazmalarga o`tkazilib kelinmoqda.

Tanlovning birinchi kuniga barcha talaba-yoshlar “GeoSience” ilmiy maqolalari faol bo`lishdi. Ikkinchi kuniga esa “GeoMovie” vedeoroliklar bilan faol ishtirok etishdi. Bugun tanlovning uchunchi kuniga talabalarimiz “GeoMarfon” jamoalar bellashuvi va “GeoPicasso” rasmlar tanlovi faol ishtirok etishdi.

Bu kabi tadbirlarni o`tkazishdan asosiy maqsad talaba-yoshlarning eʼtiborini yer resurslarini barqaror boshqarish va ulardan oqilona foydalanish, dolzarb muammolaridan biri yerni muhofaza qilishligi hamda yer resurslarini saqlash borasidagi islohotlarga qaratilgan.

Tanlovda faol ishtirok etib  gʼolib  boʼlgan talabalarni 25 aprel kuni taqdirlanadi. Tanlovning oxirgi kuni boʼlishiga qaramasdan har bir fakultetlardan ijodkor, tashabbuskor, bilimga chanqoq talabalar oʼzlarining ijodiy ishlari, fotosuratlar, ilmiy maqolalar hamda “GeoMarfon” jamoalar billashuvi bilan faol ishtirok etishdi.

Tanlov natijalarini a`lo darajada chiqishiga barcha ishtirokchlarga omad tilab qolamiz.

YRK fakulteti Yoshlar bilan ishlash boʼyicha dekan muovini H. Eshova axboroti

Universitet matbuot xizmati