TIQXMMI yangiliklari

img
22.05.2024

16 nafar talaba sertifikat sohibi

"Ingliz tili" kafedrasi qoshidagi mart oyida o'z faoliyatini boshlagan "General English" kursi oʻzining ilk natijalarini ko'rsata boshladi. Kursga kafedra o'qituvchisi Xudayberganova Marg'uba tomonidan 3 oy davomida haftasiga 2marta kursga a'zo talabalarga mashg'ulot olib borildi.

Jami 21 nafar Beginner bosqichida oʻqigan talabalardan "PLACEMENT TEST" olindi va 16 nafar talaba Beginner bosqichini muvaffaqiyatli tamomladi, va ular kafedra mudiri Isroilova Baxtijon tomonidan sertifikatlar bilan taqdirlandilar.

"Ingliz tili" kafedrasi o'qituvchisi M.Xudayberganova axboroti

Universitet matbuot xizmati