TIQXMMI yangiliklari

img
17.10.2023

16-20 oktyabr kunlari Alpomish muz saroyi binosida Inovatsiyalar haftaligi bo‘lib o‘tmoqda

“Kreativ ta‘lim va innovatsiya – Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining asosi” shiori ostidagi to‘rt kun davom etadigan “InnoWeek-2023” innovatsion g‘oyalar haftaligiga start berildi. Haftalik davomida xorijiy va milliy ekspertlar, tahlilchilar Yangi O‘zbekistondagi oliy ta‘lim, fan va innovatsiyalar sohasidagi islohotlar, ularning mohiyati, erishilgan yutuqlar va navbatdagi dolzarb vazifalar, mamlakatda vujudga kelayotgan mutlaqo yangi innovatsion rivojlanish sohasidagi ustuvor vazifalar to‘g‘risida fikr almashadilar.

Qiziquvchi talabalar ,tadqiqotchilar va o‘qituvchilarimiz darsdan so‘ngi vaqtlarda tashrif buyurishi mumkin.
Manzil Metroning Beruniy bekati.