TIQXMMI yangiliklari

img
20.09.2022

Ishchi guruh Finlandiya tajribasini o‘rganib keldi

Yevropa Ittifoqining Erasmus+ dasturi “BioEcUz” loyihasi “O‘zbekistonda bioiqtisodiyotni barqaror rivojlantirish” bo‘yicha yangi magistratura dasturi doirasida Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti professor-o‘qituvchilari delegatsiyasi Finlandiyaning Jyvaskyla shahridagi JAMK Amaliy Fanlar Universitetida ishchi tashrifi bilan bo‘lishdi.

JAMK Amaliy Fanlar Universiteti “BioEcUz” loyihasi koordinatori Kirsi Knuuttila barcha tinglovchilarga kirish zo‘zi bilan qisqacha loyihada ko‘zda tutilgan dastur bilan tanishtirib o‘tdi.  Markaziy Finlandiya Hududi Kengashining a‘zosi, rivojlanish masalalari menejeri janob doktor Hannu Koponen Farkaziy Finlandiyada energiya sarfi, qayta tiklanuvchu energiya va yashil iqtisodiyotning o‘rni haqida ma‘lumot berib o‘tdi. 

     Shundan so‘ng JAMK universiteti rektori Vesa Saarikoski universitet haqida ma‘lumot berib o‘tdi. JAMK Universitetida 4 ta xalqaro kampus faoliyat olib bormoqda, ishchi xodimlar soni 900 nafarni tashkil qilib, hozirgi kunda 8500 nafar bakalavr va magistrlar tahsil olmoqda. Yiliga 400 nafar professor- o`qituvchilarning malakasini oshirish yo‘lga qo‘yilgan, yillik moliyaviy tushumi 65,5 million € tashkil etadi.

     Laboratoriya xonalariga tashrif.  Laboratoriya binosida 20 ta katta beton qorishmalarni qurish robotlari, 2ta  metallar uchun 3d printerlar, 4 ta plastmassa mahsulotlarini chiqarish uchun 3d printerlari bilan jihozlangan. Bundan tashqari ushbu laboratoriya xonada turli og’ir turdagi ishlab chiqarish korxonalarining mahsulotlarini sinovdan o’tkazish va ularga shartnoma asosida sertifikat berish uskunasi ham mavjud.  Agarda talabalar o’zlari uchun biror bir metalni 3d modelini yasab kelib chiqarmoqchi bo’lsa talabalarga bepul xomashyo beriladi.

     Ushbu dastur doirasida Finlandiyadagi ko’plab ilmiy tadqiqod institutlari faoliyati bilan tanishildi va  ko’plab korxonalarga tashrif buyurildi.

     Tashrif yakunida o’qituvchilar bilan uchrashuv bo’lib o’tdi. Bioiqtisodiyot magistratura mutaxassislik fanlari haqida har bir o’qituvchi o’z chetellik hamkasbi bilan fikr almashishdi.

“BioEcUz” loyihasi yordamchi koordinatori I.Bozarov axboroti

Universitet matbuot xizmati