Tadbirdan olingan ilhom
2024 yil 29 mart kuni "Toshkent irrigatsiya va qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti" Milliy tadqiqot universiteti psixologi M.K. Muhammedova rahbarligidagi Xor jamoasi a'zolari ilk bora sahnaga chiqishgan kundanoq muxlislar qalbidan munosib o'rin egallab ulgurishdi desak mubolag'a bo'lmaydi. Hozirgi kunda jamoa a'zolari universitetda o'tkazilayotgan barcha tadbirlarda o'z ishtiroki bilan qatnashib ko'plab muxlislar orttirish bilan birgalikda o'zlariga bo'lgan ishonch mustahkamlanib bormoqda. Bugun Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi talaba va o'quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi tomonidan o'tkazilgan tanlovlar g'oliblarini taqdirlash marosimida Xor jamoasi a'zolari "Inson qadri" qo‘shig‘i bilan ishtirok etib, muxlislar olqishlariga sazovor bo‘lishdi. Jamoa a'zolari musiqaga oshno insonlar qalbidan yanada chuqurroq o'rin egallashni o'z oldilariga maqsad qilishdi.
Universitet psixologi M.K. Muhammedova axboroti
“TIQXMMI” MTU matbuot xizmati