TIQXMMI yangiliklari

img
10.01.2024

Yotoqxonada tozalik

Bugun “Toshkent Irrigatsiya va qishloq  xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universiteti “Iqtisodiyot” fakultetiga qarashli  3 - talabalar turar joyida tozalik kuni o‘tkazildi. Jonajon yotoqxonamiz qishki ta’tildan qaytgan talaba-yoshlarni quchoq ochib kutib oldi. To‘liq tozalangan, dezinfeksiya qilingan yotoqxonada talabalarni komendant va tarbiyachi-pedagoglari bilan birga qabul qildik. Qizlar  va o‘g‘il bolalar qavatlari ko‘zdan kechirildi. Xonalar , koridorlar, oshxonalar, kirxonalar, kompyuter xonalar toza, saranjom-sarishta ekanligi tekshirildi. Qadimdan iflos joydan farishtalar qochadi degan gap bor, shu  naqlga asoslanib toza va pokiza yashaymiz, yaratilgan imkoniyatlardan to‘g‘ri foydalanamiz.

“Iqtisodiyot” fakulteti   tyutori  D.Egamova axboroti

Universitet matbuot xizmati