TIQXMMI yangiliklari

img
16.04.2024

Yotoqxonada  davra suhbati

        2024 yl 15 aprel kuni “Yer resurslari va kadastr" fakulteti xotin-qizlari masalalari bo’yicha dekan maslahatchisi Z.Xafizova va “Geodeziya va Geoinformatika” kafedrasining o’qituvchisi A.Valieva bilan birgalikda 4-talabalar turar joyiga tashrif  buyurishdi. U yerda talaba qizlar bilan birgalikda, ya’ni yotoqxonadagi muammolar to’g’risida davra suhbati o’tkazildi. Suhbat chog’ida talaba qizlarning gigiyena qoidalariga rioya qilish, xonalar va oshxonalarni tozaligiga e’tibor berishlari to’g’risida ma’lumot berib o’tildi. Unda tashqari bo’sh vaqtlarini turli to'garaklarga qatnashishlarini ham ta’kidlab o’tdi. Biz bir narsani yodimizdan chiqarmaylik –yotoqxona talabaning ikkinchi uyi hisoblanadi. Muammolarni yechish ham o’zimizni qo’limizda.

"YRK" fakulteti Xotin-qizlar masalalari bo'yicha dekan maslahatchisi  Z.Xafizova axboroti

Universitet matbuot xizmati