Konferensiyalar

“Yer resurslarini barqaror boshqarish va kadastr tizimi - (SUSLAND-2024)” xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi

“YER RESURSLARINI BARQAROR BOSHQARISH VA KADASTR TIZIMI" (SUSLAND-2024) 2024-YIL, 19-20-APREL

AXBOROT XATI

2024 yilning 19-20 aprel kunlari Toshkent shahrida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilayotgan “Yer resurslarini barqaror boshqarish va kadastr tizimi - (SUSLAND-2024)” xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi uchun maqolalar qabul qilish boshlandi.

Konferensiyaning  asosiy  maqsadi  Oʻzbekiston  va  boshqa  mamlakatlarning  yer resusrlarini  boshqarish  va  kadastr  sohasidagi  akademik,  professor,  tadqiqotchi  va mutaxassislarini birlashtirish, kadastr tizimida faoliyat yuritayotgan olimlarni fanlararo yer resusrlarini boshqarish, yer tuzish va kadastr boʻyicha doktorantura va ilmiy izlanishlarga yoʻnaltirish,  shuningdek,  ushbu  sohada  faoliyat  yuritayotgan  olimlar  va  mutaxassislarni xalqaro hamjamiyatga jalb etishni kengaytirish, universitetlar va ilmiy-tadqiqot institutlarini integratsiyasini  kuchaytirish,  xalqaro  hamkorlikni  rag‘batlantirish,  yer  resurslaidan foydalanish va boshqarish hamda kadastr tizimi bo‘yicha ta’lim sohasida bilim almashishdan iborat.

“Toshkent irrigatsiya va qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti" Milliy tadqiqot universiteti tomonidan quyidagi hamkorlar bilan tashkil etiladi:

  1. Michigan davlat universiteti, AQSH;
  2. Obuda Universiteti, Vengriya;
  3. Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy Universiteti;
  4. Toshkent davlat texnika universiteti, O‘zbekiston;
  5. Philipps universiteti, Marburg, Germaniya;
  6. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr Agentligi;
  7. “Respublika Aerogeodeziya markazi”, O‘zbekiston.

Konferensiyaning asosiy mavzulari:

Yer resurslarini barqaror boshqarish va kadastr tizimlari sohasida:

  • barqaror yer boshqaruvi;
  • kadastr tizimini rivojlantirish;
  • kadastr va yer tuzish sohasidagi yangi tendentsiyalar va texnologiyalar;
  • kadastr va yer tuzish sohasida professional va uzluksiz ta'lim;
  • davlat kadastrlari yagona tizimi, uning iqtisodiy tarmoqlarni rivojlantirishdagi oʻrni;
  • yer resurslaridan oqilona foydalanish va boshqarishdagi islohotlarning samaradorligi;
  • yer siyosati va yer islohoti:
  • strategik yondoshuvlar, rejalashtirish va boshqarish;
  • yer islohotining respublika taraqqiyot strategiyasida tutgan oʻrni va integratsiyalashuvi;
  • yer bozorining shakllanishi, unda davlatning roli va vazifalari;
  • yer resurslarini baholashning ilmiy-uslubiy masalalari.

Yer  resurslarini  barqaror  boshqarish  va  kadastr  tizimida  Geoinnovatsion texnologilayalarni qo‘llash:

  • yerdan fondidan foydalanishda hududlarni muhandislik tashkil etish;
  • yerning ekologik va texnologik holati;
  • yerdan landshaftli foydalanish muhandisligi;
  • yerning xoʻjalik holati va yerdan foydalanishning geotexnik muhandisligi;
  • hududlarning geoinformatsion tahlili;
  • yer resurslaridan foydalanishni boshqarish, yer tuzishning tashkiliy-texnik asoslari;
  • yer kadastri muhandisligi va texnologiyalari;
  • yer boshqaruvida raqamli texnologiyalar;
  • kadastr tizimlarida GAT dasturlarini qo‘llash;
  • yer axborot tizimi, uning boshqa axborot tizimlari bilan integratsiyalashuvi.

Atrof-muhit va suv resurslarini barqaror boshqarishda kadastr tizimi:

  • suv kadastri muhandisligi va texnologiyalari;
  • suv resurslarini boshqarishda kadastr;
  • atrof-muhit va ekologik muammolar;
  • suv resurslarini boshqarish va irrigatsiyada geoaxborot texnologiyalarini qo’llash;
  • suv resurslaridan samarali foydalanish;
  • qishloq xo’jaligida suv resurslari va infrastrukturasi;
  • transchegaraviy suv resurslarini boshqarish.

Konferensiya  tashkiliy  qo‘mitasi  belgilangan  mavzularda  ilmiy  maqolalarni  qabul qiladi. Konferensiya doirasida qabul qilingan yuqori sifatli ingliz tilidagi maqolalar SCOPUS bazasida indekslangan nashrlar to‘plamida chop etiladi.

SCOPUS talablariga to‘liq javob bermaydigan, lekin sifat jihatidan yaxshi bo‘lgan, tanlangan eng yaxshi maqolalar OAKda ro‘yxatga olingan GEODEZIYA, KARTOGRAFIYA VA GEOINFORMATIKA” ilmiy-texnik jurnalida chop etish uchun tavsiya etiladi.

Maqolalar qabul qilinishi 2024 yilning 15-aprelgacha amalga oshiriladi.

Bir muallifdan ikkitadan ortiq maqola qabul qilinmaydi.  https://conf.recognize.uz da konferesiya haqida qo’shimcha ma‘lumotlarni olishingiz mumkin:

  1. Maqola  kamida  7-15  betli  va  IMRAD strukturasi  bo'yicha  berilgan  namunada bo’lishi shart.
  2. Maqolalar quyidagi e-mail (suslandorg@gmail.com) va konferensiya rasmiy sayti ( https://conf.recognize.uz) orqali qabul qilinadi;

Yuborilgan maqolalar plagiatdan tekshirish vositasida tekshiriladi va har qanday kichik xato ham tekshiriladi.

Tashkiliy badal- 180 €

Konferensiya ko‘rdinatori:

O‘zbekxon Muxtorov, +998 90 974 9149, suslandorg@gmail.com,

Konferensiya kotibi:

Zoirjon Abdurakhmonov, suslandorg@gmail.com,

Tel .: +998 88 820 7797 (telegram mavjud).

Manzil:  “Toshkent  irrigatsiya  va  qishloq  xo'jaligini  mexanizatsiyalash  muhandislari instituti"  Milliy  tadqiqot  universiteti.  Qori  Niyoziy  ko‘chasi  39,  Toshkent  100000, O‘zbekiston.