TIQXMMI yangiliklari

img
06.12.2021

Yangi O‘zbekistonda  yangicha ta’lim

 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasida ko‘rsatilgan “O‘zbekiston Respublikasida oliy ta’limni tizimli isloh qilishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilash, zamonaviy bilim va yuksak ma’naviy-axloqiy fazilatlarga ega, mustaqil fikrlaydigan yuqori malakali kadrlar tayyorlash jarayonini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish, oliy ta’limni modernizatsiya qilish, ilg‘or ta’lim texnologiyalariga asoslangan holda ijtimoiy soha va iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirish” maqsadida TIQXMMI Qarshi filiali

Gidromelioratsiya fakulteti “Irrigatsiya va melioratsiya kafedrasi tomonidan OTM va ishlab chiqarish tashkilotlari o‘rtasidagi integratsiyani bog’lagan holda joriy yilning 3-dekabr kuni Gidrotexnika inshootlari va nasos stansiyalridan foydalanish ta’lim yo‘nalishi 314,315- guruh guruh talabalarini “Do’stlik 1,2,3” nasos stansiyada ko‘chma dars mashg’ulotlari “Binar” usulda tashkil etildi. Ushbu dars mashg‘uloti davomida talabalar nazariy bilimlarini amaliy jaryonlar bilan mustahkamlab, zamonaviy jihozlangan nasos stansiyasi bilan tanishib hamda suv xo‘jaligi sohasida yutuqlar va kamchiliklarni o’rganib ko’nikmalar hosil qilishdi.

Filial axboroti

TIQXMMI matbuot xizmati