TIQXMMI yangiliklari

img
30.11.2021

YAIT “Biznes inkubator”da TIQXMMI talabalari faol ishtirok etmoqda

Xabaringiz bor yaqindagina Yashnobod innovatsion texnoparki hamda TIQXMMI o’rtasida hamkorlikni yo’lga qo’yish maqsadida, o’zaro anglashuv memorandomi imzolangan edi. Ushbu memorandum doirasida bir qancha amaliy ishlarni qilish ko’zda tutilgan bo’lib, ana shunday amaliy ishlardan biri Yashnobod innovatsion texnoparki tomonidan tashkil etilayotgan “Biznes inkubator”da institut talabalarining faol ishtirokini ta’minlashga qaratilgan amaliy tadbir tashkil etildi. Tadbirda, ushbu tashkil etilayotgan “Biznes inkubator” faoliyati, unga qanday a’zo bo’lish, qanday imkoniyatlar mavjud va shunga o’xshash bir qancha masalalar bo’yicha so’z olib borildi.  Bugungi kungacha bizning institutdan YAIT biznes inkubatori dasturiga o’nga yaqin jamoa ro’yxatdan o’tgan. Talabalarimiz kelajakda o’z g’oyalarini amaliyotga ko’chirish uchun bu juda yaxshi imkoniyatlardan biridir. Ma’lumot uchun: Ushbu “Biznes inkubator”da ishtirok etish chegaralanmagan bo’lib, ishtirok etish istagida bo’lganlar ushbu https://yait.uz/uz/business-incubator/apply/  ilova orqali onlayn ro’yhatdan o’tishlari mumkin.