TIQXMMI yangiliklari

img
23.12.2023

Xotin-qizlar maslaxat kengashi raisi va dekan maslaxatchilarining yil sarhisobi (2023 yanvardan-2023 dekabrgacha)

Milliy tadqiqot universiteti xotin-qizlar maslaxat kengashi  2023 yil davomida O‘zbekiston Respublika oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023 yil 17 iyul 311-sonli buyrug‘i asosida Xotin-qizlar maslahat kengashlari faoliyatini yanada takomillashtirish to‘g‘risidagi buyrug‘i asosidagi  berilgan topshiriqlar, vazifalar yuzasidan reja ishlab chiqqan holda o‘z ishini boshlagan va  yil davomida reja asosida amalga oshiriib kelmoqda.  

Fakultetlar kesimida dekan maslaxatchilari universitet xotin-qizlar maslaxat kengashi raisi rejasi va 311-sonli buyruq asosidagi ishlab chiqilgan nizom asosida asosida har bir fakultet kesimida o‘z rejalarini tuzgan xolda xotin-qizlar va fakultet qizlari bilan  ishlar olib boradi.

2023 yil yanvar oyidan 2023 yil dekabr oyigacha ular tomonidan olib borilgan ishlar hisoboti fakulьtetlarda yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo‘yicha prorektor va xotin-qizlar maslaxat kengashi raisi  tomonidan tasdiqlangan reja asosida bir yillik hisobotlarini fakulьtet jamoasi oldida topshirdilar. Har bir fakultet o‘z rejasi asosida olib borgan ishlari va kelgusi yildagi rejalari bo‘yicha bergan hisobotlari natijasida fakulьtet dekani va jamoasi tomonidan qo‘l ko‘tarib qo‘llab quvvatlagan holda keyingi yilda ham jamoalari bilan birga ishlashlariga qo‘l ko‘tarib ovoz berishdi va bir yillik hisobotlarini qo‘llab quvvatladilar. Bu yilgi hisobot davrida kengash raisi bilan birga dekan maslahatchilari tomonidan quyidagi ishlar amalga oshirilganligini hisobot topshirish jarayonida qayd etb o‘tishdi. Ular:

1.O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 7-martdagi “Oila va xotin-qizlarni tizimli qo‘llab-quvvatlashga doir ishlarni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-87-son Farmoni bilan tasdiqlangan “2022–2026-yillarda xotin-qizlarning mamlakat iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy hayotining barcha jabhalarida faolligini oshirish” bo‘yicha Milliy dasturida  oilada ayolni o‘z o‘rnini  topa olishi uchun eng avvalo  kasb egasi bo‘lish masalasi ko‘tarilgan bo‘lib, talaba-qizlarni oilaviy hayotga tayyorlash kurslarini tashkil etish, bo‘sh vaqtlarini samarali tashkil qilish, oliy ta'lim olishlari bilan bir vaqtda hunar egallashlariga ko‘maklashish va yuksak ma'naviy asoslarga ega zamonaviy oila modelini ishlab chiqishga qaratilgan vazifalar belgilangan edi.

Xotin-qizlarni qo‘llab quvvatlash talaba-qizlarni “Oilaviy hayotga tayyorlash”maqsadida "Sanam School" o‘quv Markazi bilan hamkorlikda xotin-qizlar maslaxat kengashi raisi tashabbusi bilan “Tikuvchilik”, “Pazandachilik” va “Uy xamshirasi” bo‘yicha milliy tadqiqot universiteti raxbariyatini moddiy qo‘llab quvvatlashi natijasida 1200 nafar talabalardan iqtidorli va a'lochi shu bilan birga kam ta'minlangan “Yoshlar daftari” va “Temir daftarga”kirgan talaba qizlardan iborat 70 nafarini 4 oy davomida o‘qitildi va diplomga sazovar bo‘ishdi. Bu borada har bir fakulьtet kesimida 10-12 nafardan talabalar o‘qigan bo‘lsa ularni nazorati dekan maslaxatchilar tomonidan olibborildi.

2.. 2023 yil 2-3 mart kunlari "Yangi O‘zbekistonda olima ayollarni ijtimoiy-iqtisodiy va ma'naviy qo‘llab-quvvatlash" ("Socio-economic and spiritual suppor1 for women scientists in New Uzbekistan") mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman tashkil etildi. Bu borada barcha fakulьtet ayollari va dekan maslahatchilari faol tashkil etishdi va o‘z ma'ruzalari bilan qatnashdilar. Bunda 10 dan ortiq horijiy ekspetrlar qatnashdilar.

3. BMT Bosh Assambleyasining 1999-yil 17-dekabrdagi rezolyutsiyasiga ko‘ra “25 noyabr – Xalqaro ayollarga nisbatan zo‘ravonlikka qarshi kurashish kuni” deb e’lon qilingan.  Shu munosabat bilan har yili dunyo miqyosida 25-noyabrdan 10 dekabrgacha “Zo‘ravonlikka qarshi 16 kun” shiori ostida respublika miqiyesida o‘tkazilishi rejalashtirilgan “Ayollarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlikka qarshi kurash” mavzusida barcha fakulьtetlar kesimida talaba-qizlar va xotin-qizlar orasida  II xodimlari va mutasaddi xodimlarni taklif qilgan holda tadbirlar tashkil etdib bordilar. Bu bir oy muddat ichida.

4. Har bir fakultetlar kesimida talaba-qizlarni oilaviy sharoitlari, muammolari va ularni qo‘llab quvvatlash maqsadida TTJ da va darsdan tashqari jarayonlarda davra suhbatlari va uchrashuvlar tashkil etilib ularning oilaviy muxitlari o‘rganildi, ijtimoiy himoyaga muxtoj oila talaba-qizlarini aniqlagan holda ruyhatlari shakllantirildi va ularni o‘z nazoratlariga olindi..

5. “Zulfiyaxonim” klubiga professor Ra'no Goziyeva rahbarligida  yil davoamida iqtidorli talaba –qizlar bilan  belgilangan yo‘nalishlar bo‘yicha to‘garaklar faoliyat ko‘rsatayotgan bo‘lib, ularda ishlar amalga oshirilmoqda. Ulardan IT-bilimdon qizlari to‘garagi, San'atga qiziquvchi qizlar to‘garagi, Intellektual qizlar, Innovatsion loyihalar yaratuvchi qizlar to‘garagi faoliyat olib boradi. Universitetdan Talaba-qizlar orasida iqtidorli talabalar bilan “Zulfiyaxonim”klubi doirasida tanlovlarga ishtirok etish maqsadida  Respublika tanlovlari g‘oliblarini taklif qilgan xolda uchrashuvlar o‘tkazilib kelindi. Natijada 5 nafar talaba-qizlar “Zulfiya Davlat mukofatini olish”tanloviga ishtirok etib shulardan 2 nafari Respublika miqiyesiga chiqishga sazovar bo‘lindi.

6. Milliy tadqiqot universiteti miqiyosida “Yil talabasi”, “Yilning eng faol sportchi talabasi”, “Yilning o‘z mutaxassisligi bo‘yicha eng bilimdon talabasi tanlovlarida ishtirok etishga talaba qizlarni tayyorlashda har bir fakulьtet kesimida tayyorgarlik ko‘rib borildi va natijada  tanlov g‘olibliklaridan talaba-qizlarimiz ham yaxshi natijalarga erishdilar.

7. Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi va boshqa qator hamkor tashkilotlar tomonidan “XXI asr ayoli” festivali doirasida o‘tkazilayotgan “Ilm-fan va innovatsiyalarni rivojlantirishda xotin-qizlarning o‘rni” mavzusida o‘tkazilgan xalqaro FORUMda “Energetika”fakulьteti dotsenti Nuraliyeva Nodiraxon o‘z ma'ruzalari bilan ishtirok etdi.

8. "Diniy-ma'rifat va millatlararo bag‘rikenglik-jamiyat  barqarorligi sharti" mavzusida fakulьtetlar kesimida  tadbirlar tashkil etildi va saytga qo‘yildi.

9. Barcha fakulьtetlar kesimida dekan maslaxatchilari tomonidan “Oshpazlik sirlari”,”Milliy liboslar”, “Millif taomlar tayyorlash” va bir qancha tanlovlar musobaqasi bo‘lib o‘tdi Qizlarjon klubi tomonidan.

10. “Xalqaro qishloq ayoli”, “Halqaro qizlar kuni” munosabatlari bilan barcha fakulьtetlarda uchrashuvlar, tanlovlar, davra suxbatlari va “Vebinar”lar bo‘lib o‘tkazildi.

11. “Yosh olima ayollar” klubiga dotsent Umida Sangirova rahbarligida hozirda o‘zlarining ilmiy ishlari bo‘yicha va xotin-qizlar bo‘yicha e'lon qilingan tanlovlarda ishtirok etuvchi talaba-qizlar va yosh o‘qituvchilar va kichik loyihalar ustida ishlash istagi bor talaba qizlardan tashkil topgan bo‘lib, bunda bir qancha loyixalarga tanlovlarda ishtirok etib g‘oliblikni qo‘lga kiritgan qizlarimiz o‘z ilmiy faoliyatlarini davom ettirib kelmoqda.

Bu klubdagi faoliyat bo‘yicha “Vibinar”, “Master klass”, “Seminar-trening”lar tashkil etilib kelinadi va o‘z faoliyati bo‘yicha yilda bir marotaba hisoboti tinglanadi. “Yosh olimalar”klubi tomonidan fakulьtetlar kesimida bir qancha talaba-qizlar shu bilan birga yosh o‘qituvchilar  a'zo bo‘lib, xozirda o‘zlarini ilmiy sohalarda sinab ko‘rmoqdalar. Bu borada  xotin-qizlar uchun e'lon qilingan loyihalar tanlovida 10 nafar ayollar ishtirok etdilar.

12. “Qizlarjon” klubiga Zulfiya Xafizova rahbarligida hozirda rassomchilik, tikuvchilik, biser, pazandachilik, kitobxonlik to‘garaklari faoliyati olib borilishi yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, ular asossan TTJ larda tashkil etilgan. Bu borada har juma kuni TTJ ga xotin-qizlar tashrifi tashkil etilgan bo‘lib, ayel professor-o‘qituvchilar va tyuterlar tomonidan talaba-qizlar faoliyatlari o‘rganilib boriladi va to‘garaklar faoliyati bo‘yicha turli xil tadbirlar tashkil etilib kelinadi

13. Xotin-qizlar maslaxat kengashi raisi taklifi bilan va universitet raxbariyatining bevosita yordami natijasida Xotin-qizlarning faolliklarini oshirish va ularni ilmiy yo‘naltirish maqsadida “TARANNUM” ilmiy-ma'naviy publistik jurnalga retsenziya olindi. Bu sohada  ayollar va ilmiy ishga intilgan talaba-qizlar tomonidan ilmiy maqolalar yig‘ilmoqda. 2004 yil boshidan nashrga ruxsat olinadi va OAK ruyhatidan o‘tkazish uchun 1-sonini talab darajasida tayyorlashga fakulьtet kesimida dekan maslaxatchilarining har bir fakulьtetlarda maqolalar tayyorlash va ularni topshirish masalalarida ko‘maklashib kelmoqdalar.

14. Universitetimiz professor-o‘qituvchilarining faoliyatini yoritish va kelajak avlod ayniqsa talaba-qizlarga na'muna ko‘rsata oladigan darajada  o‘z tajribalari va ilmiy sohadagi yutuqlari yoritilgan kitob tayyorlanmoqda. Bu kitobni universitetimiz raxbariyati tomonidan nashr etishni rejalashtirilmoqda.

15.Universitetimiz  xotin-qizlarning salohiyatini oshirish va ularni jamiyatda va jamoada o‘z o‘rinlarini topishi maqsadida hozirda  har bir fakulьtet kesimida 5 ga yaqin o‘qituvchi ayollarimiz ilmiy ish bilan shug‘ullanib himoya qildilar va ximoyaga chiqish arafasida.

16. Sport sohasida ham talabalarning har bir sport turi bilan shug‘ullanishlari uchun dekan maslahatchilari mas'ul bo‘lib fakulьtetlararo shaxmat,shashka, tennis, voleybol va boshqa sport turlari bo‘yicha  musobaqalar o‘tkazib turmoqda. Shu bilan birga ayollar orasida “Rektor kubogi”tanlovida ham faol ishtiroklari ta'minlandi.

17. Talaba-qizlarni ota-onalari va yaqin insonlari bilan uchrashuvlar, TTJ dagi odob-axloq qoidalariga rioya qilish, “Kitob - bilim manbai”, “Oila ma'naviyat va qadriyat beshigi” “Erta turmush qurishni oldini olish”, “Gender tenglikning ahamiyati nimada?,  “Inson qadri ulug‘ xotirasi muqaddasdir” va boshqa tadbirlarni o‘tkazib kelinmoqda. 19.“Xor jamoasi” va 5 nafar qizlardan tashkil topgan “Besh yulduz QVZ” guruhi tomonidan ham  Muxayyo Muxammedova va madaniyat saroyi rahbari boshchiligida to‘garaklar faoliyati yo‘lga qo‘yilgan. Ular tomonidan bir necha marotaba chiqishlar tashkil etilib katta –katta yutuqlarga erishilmoqda. Ayniqsa universitet tomonidan o‘tkazilayotgan tadbirlarda ularning chiqishlarini ko‘rish mumkin. 

18. TTJ ida rahbariyatimiz tomonidan yaratilgan sharoitlardan kelib chiqqan holda talaba-qizlarning bo‘sh vaqtlari, ya'ni darsdan keyingi vaqtlarda shug‘ullanishlari, shu bilan birga kasb-hunar o‘rganishlari uchun ham sharoitlar yaratishda Z.Ismailova tomonidan bir qancha tashabbuskorlik qilinib kelinmoqda. Ulardan : TTJ da  tikish bichish va tikuvchilikka qiziqishlari bor bo‘lgan qizlar uchun  “Tikuv to‘garagi” kerakli jihozlar bilan jihozlangan holda o‘z faoliyatini ishga tushirdi. Hozirda bu to‘garakda talaba-qizlarimiz tomonidan bir qancha o‘zlarini kunlik kimlarini tikish,  sport kiyimlari tikishni o‘rganish yo‘lga qo‘yilgan.

 19. Xotin-qizlar bilan olib borilayotgan ishlar natijasida bu o‘quv yilida ayollar va talaba-qizlarni Davlatimiz tomonidan olib borilayotgan ishlari va qarorlari doirasidagi vazifalarni qamrab olgan holda metodik qo‘llanmalar ham chop etildi va keng ommaga yetkazildi. Ular “Oilaviy baxtning siri”(metodik qo‘llanma), “O‘smirlik yoshdagi  qizlarning  o‘z joniga qasd qilishga moyillikni oldini olishda-mediamadaniyat vositalaridan foydalanish texnologiyasi” (o‘quv qo‘llanma)lar chop etildi.

20. O‘tkazilgan halqaro anjumanlar va OAK jurnallari shu bilan birga xorijiy jurnallarda xotin-qizlar masalalariga oid ilmiy maqolalar chop etildi. Bu esa ayollarimizning jamiyatdagi o‘z o‘rni va universitetdagi o‘z o‘rni borligidan dalolat beradi.

1. Zukhra Ismailova, Sara Straussberger the impact of gender approaches on educational effectiveness. Science And Innovation international scientific journal volume 2 issue 11 november 2023 uif-2022: 8.2 | issn: 2181-3337 | scientists.uz .

2. Narbaeva Tanzila Kamalovna, Musurmanova Aynisa, Ismailova Zukhra Karabaevna. Priority areas of spiritual, moral and physical education of youth in the family . Science and innovation international scientific journal volume 2 issue 1 january 2023 uif-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337 | Scientists.Uz va boshq.

2024 yilda quyidagi ishlar rejalashtirildi:

1. 12 fevral kuni “Yangi O‘zbekistonda olima ayollarni ijtimoiy-iqtisodiy va ma'naviy qo‘llab-quvvatlash” mavzusida halqaro anjuman rejalashtirilgan bo‘lib, anjumanni  yuqori saviyada o‘tkazishga tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda.

2.Xotin-qizlar faoliyatini yoritib borish maqsadida “TARANNUM” ilmiy-ma'naviy-ma'rifiy publistik jurnalni nashrga tayyorlashni  tashkil etish.

3. Gender tenglik masalalariga oid “Xotin-qizlar ijod Markazi” tashkil etish.

4. Ayollar faoliyatini aks ettirilgan “Ayollar kitobi”ni nashrga tayyorlash.

5.Yuqori tashkilotlardan kelibtushgan vazifalar yuzasidan barcha ishlarni amalga oshirib borish.

6. Gender tenglik masalalari bo‘yicha xorijiy loyihalarda ayol professor-o‘qituvchilar ishtirokini ta'minlash.

8. "Miss Fakultet" ko‘rik tanlovini o‘tkazish.

9. Raxbariyat bilan maslaxatlashgan holda TTJ da O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 5-Tashabbus doirasida Tikuvchilik to‘garagini “Mini  tikuvchilik sexiga” aylantirishni  rejalashtirish.

 

Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha

 maslahat kengashi raisi Ismailova Zuxra