TIQXMMI yangiliklari

img
10.01.2024

Vatan himoyasi-muqaddas burch

Toshkent  irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti - Milliy tadqiqot universiteti  "Gidromelioratsiya" fakulteti 1 bosqich talabalariga joriy yilning 9 dekabr sanasida 1- ma’ruzalar zalida 14 – yanvar Vatan himoyachilari kuniga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi.  Tadbirda Yunusobod tumani  maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga qarashli 250-sonli umumta’lim maktabi, “Yoshlarni chaqiruvga qadar”  boshlang‘ich tayyorgarlik fani o‘qituvchisi, direktor o‘rinbosari Mayor Alimov Xasan Turopovich  ishtirok etdi. 

U o‘zining kasbga bo‘lgan sadoqati, ish jarayonidagi  voqealar  hamda Vatan himoyachisi degani, eng sharafli va oliy kasb ekanligini yaxshi bilgan yigitlarimiz har tomonlama, jismoniy va ma’naviy jihatdan loyiq bo‘lishi, Vatan himoyasi hayot-mamot masalasi ekanini, ularning turish-turmushi, el-yurt taqdiri shu nuqtada tutashishini anglab etishlari zarurligi haqida talabalar bilan o‘rtoqlashdi va harbiylarga berilayotgan imkoniyatlar haqida  so‘zlab berdi. Talabalarimiz  o‘zlarini qiziqtirgan  bir qancha savollarni berdilar va bu tadbir juda ham ko‘tarinki kayfiyatda  o‘tkazildi.  

“Gidromelioratsiya” fakulteti tyutori G.Z.Axmedjanova axboroti

Universitet matbuot  xizmati