TIQXMMI yangiliklari

img
17.04.2024

"Ustoz-Shogird" an'anasi

Joriy yilning 15 - aprel kuni “Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti "Gidrotexnika qurilishi" fakulteti tyutori X.R.Saidova  fakultetining 1-bosqich faol talabalari ishtirokida  “Ustoz-Shogird” an'anasi mavzusida maʼnaviyat  darsi oʻtkazildi. Tadbirga mehmon sifatida koʻp yillar oʻzining faoliyati, mehnatlari va tajribasi bilan tanilgan "Nasos stansiyalari va gidroelektrostansiyalar" kafedrasiga Texnika fanlar doktori, professor R.R. Ergashev taklif qilindi.

Yoshlarga kasbiy mahoratni tarbiyalash, ma'naviy - ma'rifiy salohiyatini oshirish, izlanish va o‘z ustida mehnat qilish, har tomonlama yetuk va salohiyatli kadrlarni shakllantirishda o‘ziga xos tarbiyaviy ahamiyatga ega bo‘lib, yurt ravnaqi yo‘lida o‘zining munosib hissasini qo‘sha oladigan, aql-idrokli va qobiliyatli shogirdlar tayyorlashda sohada ko‘p yillik tajribaga ega bo‘lgan ustozlarning o‘rni beqiyosdir. Bugungi kunda yosh kadrlarni  to‘g‘ri yo‘naltirish maqsadida “Ustoz-shogird” an'anasi asosida har bir yosh kadrga o‘z kasbining fidoyilari sifatida faoliyat yuritib kelayotgan malakali xodimlar biriktirilgan bo‘lib, ular yosh kadrlarga kasb sir-asrorlarini o‘rgatib kelmoqdalar.

Shuningdek, universitetimizning ko‘p yillik tajribaga ega bo‘lgan ustozimiz R.R.Ergashev oʻz mehnat faoliyati davomida to‘plagan boy tajribasi, yoshlik davridagi o‘ziga xos qiyinchiliklar, mehnat pallasidagi mashaqqatlar haqida yosh xodimlar bilan samimiy muloqot orqali o‘rtoqlashishmoqda. Bu kabi o‘quv darslari yosh kadrlarni o‘z ustida mehnat qilishi, bilimlarini takrorlab olishi, yetuk va salohiyatli kadrlar bo‘lib yetishishiga hamda tajriba va ko‘nikmalarini rivojlanishiga xizmat qiladi.

GTQ tyutori X.R.Saidova axboroti

Universitet matbuot xizmati