TIQXMMI yangiliklari

img
21.10.2023

Turon bank mutaxassisi bilan uchrashuv

 “Toshkent Irrigatsiya va qishloq  xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti B-bino 109-auditoriyasida “Iqtisodiyot” fakulteti talabalari va professor oqituvchilari uchun “TURONBANK” ATB Chakana Biznes Departamenti direktori Eldor Vaxobov ishtirokida “Yangi chakana biznes mahsulotlari va texnologiyalari” mavzusida davra suhbati tashkil qilindi.

Ma’ruzada mamlakatimizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning mazmun-mohiyati, biznes uchun kreditlar va ularning turlari qo‘yilayotgan talablar hamda tadbirkorlik sohasida berilayotgan imtiyozlar to‘g‘risida talabalarga ma’lumotlar berildi. Ma’ruzada talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga atroflicha javoblar oldilar.

“Iqtisodiyot” fakulteti   tyutori D.Egamova axboroti

 Universitet matbuot xizmati