TIQXMMI yangiliklari

img
06.10.2023

Toshkentda Hilton mehmonxonasida Koreya Respublikasining K-WATER kompaniyasining “The 2nd K-WATER Society” tadbiri tashkil etildi

Unda Koreya Respublikasining “K-water Corporation”, “Hyundai engineering”, “Hankook engineering”, “Dohwa Engineering”, “East Telecom”, “Posco” kabi xalqaro darajada faoliyat olib borayotgan yetakchi kompaniyalari ishtirok etdi. Tanlovda ishtirok etgan O‘zbekiston Universitetlari va Koreya Respublikasining O‘zbekistondagi universitetlari talabalari tomonidan 24 innovatsion guruhlar ishtirok etdi.

"TIQXMMI" Milliy tadqiqot universiteti Gidromelioratsiya fakulteti  “Hydroleaders” jamoasi a'zolar birinchi o‘rinni va 10 000 000 so‘m pul mukofoti va “The Silver award” uchinchi o‘rinni va 4 000 000 so‘m pul mukofoti bilan taqdirlandilar.

“TIQXMMI” Milliy Tadqiqot universiteti rektori Bahodir Mirzayev, AUT Universiteti rektori G‘ayrat Murodov hamda “K-Water” kompaniyasi vitse-prezidenti Lee Chae lar o‘rtasida uch tomonlama anglashuv memorandumi imzolandi. 

Ushbu memorandumga asosan, "TIQXMMI" Milliy Tadqiqot Universiteti, K-WATER kompaniyasi va AUT Universiteti o‘rtasida suv resurslarida samarali foydalanish, uning hisobi va hisobotini yuritishning raqamlashtirilgan usullari hamda yer osti suvlarining miqdoriy parametrlarini aniqlashning zamonaviy usullari yo‘nalishida taʼlim, tadqiqot va innovatsiyalarni rivojlantirish bo‘yicha kelishuvlar amalga oshirildi.